Xorazmdagi “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380” avtoyo‘li rekonstruksiyasi uchun 294 mln dollar mablag‘ sarflanadi. Loyihani moliyalashtirish uchun YeTTBning 238 mln dollar miqdoridagi krediti jalb etildi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylab 30 ming tup daraxt ekish rejalashtirilmoqda.
Prezident 2024-yil oxirigacha 2 trln so‘mlik ishlarni bajarish, jumladan, 570 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash, 13 ming kilometr yo‘l, 195 ta ko‘prikni foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, 2 mingdan ortiq ko‘p qavatli uy barpo qilish rejalashtirilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380 avtomobil yo‘li"ni rekonstruksiya qilish va Amudaryo ustidan ko‘prik qurish uchun 238 million dollargacha kredit ajratdi. Rekonstruksiyadan so‘ng bir qatorli yo‘l ikki qatorli avtomobil yo‘liga aylanadi.
Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Uni ta’mirlash 2022-yil boshida muhokama qilingandi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda pulli yo‘llar qurishni reja qilmoqda.
Prezident qarori bilan 1-yanvardan yo‘l qurilishiga sinov tariqasida xususiy sektor jalb qilinadi. Bundan tashqari, issiq kunlarda yuk mashina va avtopoyezdlarga yo‘llarda harakatlanishiga cheklovlar kiritiladi.
2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 2606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi. Yo‘l manzillari jamoatchilik fikri va takliflari asosida shakllantiriladi.
Toshkentdagi «Turkiston» metro bekati ustidagi ko‘chaning bir qismi foydalanishga topshirilganidan olti oy o‘tib cho‘kdi. Ko‘cha prezident tomonidan 2020 yil Mustaqillik bayrami arafasida ochilgan edi. Pudratchi Transyo`lqurilish-Jizzax (tendersiz tanlangan) ko‘cha «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga qarashli «Ko‘prikqurilish» tresti korxonasi aybi bilan cho‘kkanini ma’lum qildi. Loyihada Toshkent hokimi bilan bog‘liq loyiha tashkiloti ham ishtirok etgan. «Gazeta.uz» vaziyatni o‘rgandi.
Senatorlar 2019−2020 yillar va 2021 yilning birinchi yarmida transport sohasidagi korxona va tashkilotlarning 375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, ularning 358 nafari korrupsiyada ayblangan. Ushbu jinoyatlar ortidan 24 mlrd mablag‘ talon-toroj qilingan. Qolaversa, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi 149 nafar xodim jinoyat sodir etgan.
Adliya vazirligi avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash borasidagi barcha ma’lumotlar joylashtiriladigan ochiq platformani ishga tushirishni taklif qildi. Uning yordamida yo‘l infratuzilmasiga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish va yo‘llardagi nosozliklar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.
2020 yilda yo‘l va ko‘prik qurilish sohasida byudjetdan ajratilgan pullarni o‘zlashtirish holati bo‘yicha 40ga yaqin jinoyat ishi ochilgani va ularda 11,5 mlrd so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilingani fosh etildi. Shuningdek, yo‘l qurilishlari haligacha SSSR standartlari asosida olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting